
Diqqat
HURMATLI HAYDOVCHILAR !
⚠️Kattaqo‘rg‘on shahar hududida joylashgan umumtalim maktablari oldiga “Qavariqli piyodalar o‘tish joyi” bilan jihozlanayotganligi sababli sizlardan tezlikni oshirmasdan harakatlanishingiz so‘raladi.
🚸Yo‘llarda piyodalarning xavfsizligini, ayniqsa o‘quvchi- yoshlarning maktablar atrofidagi yo‘llardan xavfsiz o‘tishini ta’minlash dolzarb masalaga aylandi. Shunga ko'ra, ayni vaqtda Kattaqo‘rg‘on shahridagi maktablar oldida yevropa tajribasi asosida «qavariq» piyodalar o‘tish joylari tashkil etilmoqda.
Ushbu o‘tish joylarining yana bir qulayligi tunda nur qaytarish xususiyatiga ega bo‘lib, haydovchilar oldindagi piyodalar o‘tish joyini aniq ko‘ra oladi.
Kattaqo‘rg‘on shahar IIB YHXB