ZIYORATCHILAR HAJ SAFARIGA KUZATILDI
Bu yilgi Haj mavsumida viloyatimizdan 930 kishi 19 guruhga bo‘linib, muborak ziyoratni amalga oshiradi. Buyuk ibodat – Haj safariga yo‘l olayotgan yurtdoshlarimizga yaratilayotgan qulayliklar mamlakatimizda din va ma’rifatga bo‘lgan e’tibor, inson qadrini ulug‘lashning amal ifodasidir.
Kattaqo‘rg‘on shahrida navbatdagi haj mavsumi munosabati bilan 33 nafar fuqaro muborak “Haj” safariga kuzatildi.
Dastlab, safar oldidan shahar hokimi Gavhar Alimova, bosh imom hatib, boshqa tegishli mas’ullar ziyoratchilarga oq yo‘l tilashdi. Shuningdek, bir guruh kuzatuvchilar bilan ziyoratchilarimizning ibodatlari Yaratgan dargohida qabul bo‘lishi va yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi bardavom bo‘lishi so‘ralib, duoga qo‘l ochildi va ziyoratchilar Samarqand xalqaro aeroportiga kuzatib qo‘yildi.
Ziyoratchilar muborak haj amallarini bajarish uchun muqaddas diyor tomon otlanishdi.