insurez
17-10-2025 11:45

ZARIFOBOD MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O’RGANILDI


Shahrimizdagi "Zarifobod" mahallasida shahar hokimi Gavhar Alimova tomonidan mahalla aholisining muammolarini hal etish maqsadida navbatdagi sayyor qabul o'tkazildi. Sayyor qabul davomida mahalla aholisidan 10 ga yaqin o‘z yechimini kutayotgan masalalar bo'yicha murojaatlari qabul qilindi. 

Qabul jarayonida fuqarolardan asosan yu-joy hamda mahalla binosini ta'mirlash, yer ajratish, Majburiy ijro byurosi bilan bog'liq va  boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi. 

Mazkur murojaatlarning 2 tasi joyida ijobiy hal etildi, 5 tasiga huquqiy tushuntirishlar berildi va qolganlarini ijrosi nazoratga olinib, tegishli mutasaddi tashkilotlarga yo’naltirildi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -