”Zarafshon” mahallasida aholi vakillari bilan uchrashuv o’tkazildi
Shahar hokimi Gavhar Alimova shahrimizdagi “Zarafshon” mahallasida bo‘lib, mahalla faollari, nuroniylar bilan uchrashdi. Uchrashuvda shahar hokimi shahrimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik, aholi farovonligi yo’lida va fuqarolarning turmush sharoitlarini yaxshilash borasidagi ishlar xususida to’xtaldi.
Uchrashuvda mahalla ahli va nuroniylarning hududda olib borilayotgan sa’y harakatlar bo’yicha fikrlari eshitilib, aholi, xususan yoshlar, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ish o‘rinlari yaratish borasidagi ishlarga ham e’tibor qaratildi va bu borada mahalla yettiligi tomonidan olib borilayotgan ishlar va kelgusidagi vazifalar haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, yaqinda mazkur mahallada oilaviy tadbirkorlik asosida tashkil qilingan tadbirkorlik majmuasida 20 nafar xotin-qizlar band qilingan tikuv sexi hamda savdo shahobchasida yaratilgan sharoit va mahsulotlar bilan tanishdilar.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.