insurez
19-09-2025 16:32

"ZARAFSHON" MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O’RGANILDI


Bugun shahrimizning “Zarafshon” mahallasida shahar hokimi Gavhar Alimova tomonidan fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul bo'lib o'tdi. Sayyor qabul davomida mahalla aholisidan 10 ga yaqin o‘z yechimini kutayotgan masalalar bo'yicha murojaatlar qabul qilindi. 

Qabul jarayonida fuqarolardan asosan moddiy yordam ajratish, tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’yishga amaliy yordam, ichki yo’llarni ta’mirlash, simyog’ochlarni almashtirish hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi. 

Mazkur murojaatlarning 4 tasi joyida ijobiy hal etildi, 2 tasiga huquqiy tushuntirish berildi hamda qolgan murojaatlar mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -