insurez
08-06-2024 11:20

Zakovat intellektual oʻyini o'tkazildi


Joriy yilning 7-iyun kuni filialimizda  Zakovat intellektual oʻyinining navbatdan tashqari soni boʻlib oʻtdi. (https://telegra.ph/Zakovat-06-08-2) Oʻyinni filial ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha direktor oʻrinbosari F.Sirojiddinov barcha jamoalarga omad tilagan holda ochib berdi hamda filial boshlangʻich tashkilot yetakchisi H.Rashidov oʻyinga hakamlik qilib bordi. Qizgʻin bahslarga boy boʻlgan oʻyinni boshlangʻich tashkilot koordinatorlari adolatli tarzda oʻtishini taʼminladi.

Oʻyinning yakuniy natijalariga koʻra quyidagi jamoalar gʻoliblikni qoʻlga kiritib, diplom va esdalik sovg'alar bilan munosib taqdirlandi:
1-oʻrin: "Nikotin" jamoasi;
2-oʻrin: "Adolat" jamoasi;
3-oʻrin: "Kolizey" jamoasi.

Shu bilan birga Boshlang'ich tashkilot tashabbusi bilan o'tkazilgan sportning Shaxmat turi bo'yicha musobaqada faxrli birinchi o'rinni olgan Dilshodbek Davronov 1-darajali diplom bilan taqdirlandi.

Teglar
- -