insurez
14-07-2025 11:20

Yozgi taʼtil qanday o‘tmoqda?


O‘quvchi yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida "Dolzarb 90 kunlik" tadbirlar o‘tkazilmoqda. Ushbu tadbirlar doirasida shahrimizdagi 4 hamda 13 umumtaʼlim maktablarida yozgi dam olish oromgohi tashkil qilingan.
Bugun 13 maktabda bo‘lgan shahar hokimi Gavhar Alimova bu yerda tashkil qilingan to‘garaklar faoliyati bilan tanishdi.

Maktabda shaxmat, shashka, tenis va boshqa sport to‘garaklari faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, turli tanlovlar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar xam uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda.

 

Teglar
- -