YOSHLARNING QANDAY MUAMMOLARI BOR ?
SamDU Kattaqo'rg'on filiali direktori Sherzod Urakov Kattaqo'rg'on shahridagi "Ko‘hnadam" va "Yermachit" mahallasi yoshlari bilan uchrashdi.
Uchrashuv Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni 1-bandida alohida ishlash talab etiladigan yoshlarni masʼul rahbarlarga nomma-nom biriktirish amaliyotini joriy etish vazifasi ijrosini ta'minlash maqsadida bo‘lib o‘tdi.
Muloqotda yoshlarning bandligi, intilish va qiziqishlariga ko'ra amalga oshirayotgan ishlar, mahalla yoshlar yetakchisi bilan doimiy muloqot masalalariga e'tibor qaratildi.
Filial direktori yoshlar uchun ilm olish, o‘zini o‘zi band qilish, bu borada yaratilgan imtiyozlar haqida ma'lumot berdi. Ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi.