insurez
06-08-2025 11:23

Yoshlar yetakchilarining faoliyati o’rganilmoqda


Shahar hokimi o’rinbosari J.G’aniyev boshchiligidagi ishchi guruh “Chinobod” va “Ko’hnadam” mahallalarida bo’ldi va ushbu mahallalarda faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilari faoliyatini o’rgandi.

O’rganish davomida yoshlar bilan ishlash tizimini mustahkamlash, ularning bandligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarni oldini olish hamda aholi oʻrtasida sogʻlom maʼnaviy muhitni yaratish, profilaktik ishlarni tizimli tashkil etish, mahallalarda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish masalalariga  e’tibor qaratildi.

Shuningdek, faoliyati davomida ayrim kamchiliklarga yo’l qo’ygan yetakchilarga kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida ish samaradorligini oshirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Teglar
- -