Yoshlar yetakchilari ish samaradorigini oshirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Shahar Yoshlar ishlari bo‘limi tomonidan mahallalarda faoliyat ko‘rsatayotgan yoshlar yetakchilarining ish samaradorligini oshirish hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi yuzasidan o‘quv seminari o‘tkazildi.
Unda so‘z olgan Yoshlar ishlari bo‘limi rahbari Uchqun Tuyg‘unov yoshlar yetakchilari ish samaradorligini oshirish borasidagi ishlar xususida so‘z yuritdi va bugungi seminardan ko‘zlangan maqsad ham yetakchilarning bilim, ko‘nikma va tajribalarini almashish hamda o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlashdan iborat ekanligini ta’kidladi.
Seminar davomida "Qoriravot" MFY yoshlar yetakchisi A.Sobirovning ish faoliyati bo‘yicha taqdimoti bilan tanishildi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.