Yoshlar xatlovi 2025
Bugun Kattaqo’rg’on shahridagi 14-30 yosh toifasida “Yoshlar balansi”ni shakllantirish bo‘yicha mahallalarda 'Yoshlar xatlovi"ni sifatli oʻtkazishda yoshlar yetakchilariga amaliy yordam berish va xatlov jarayonlarini muvofiqlashtirish maqsadida shahar shtabi aʼzolarining kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yig'ilishni shahar hokim o'rinbosari, shtab rahbari Jasur G'aniyev olib bordi hamda shtab a'zolariga bu boradagi kerakli topshiriq va ko'rsatmalar berdi.
Mazkur xatlov jarayonida yoshlarning muammo va qiziqishlarini xonadonbay o'rganish bilan bir qatorda, ularni xorijiy til va kasb-hunarga o'qish istaglari yuzasidan Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan ilgari surilayotgan "MEGA LOYIHALAR" ("Ibrat farzandlari", "Ustoz Al", "Qizlar akademiyasi", "Uzchess" va "Mutolaa" loyihalari)ga ham jalb qilish belgilangan.