insurez
17-10-2024 14:28

“Yoshlar va saylov” forumi


27-oktabr kuni mamlakatimizda katta va muhim siyosiy jarayon – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi bo‘lib o‘tadi. Yoshlarimizning mamlakat kelajagi uchun muhim bo‘lgan siyosiy jarayonlarda faol ishtiroki katta ahamiyatga ega.

Shu maqsadda viloyatimiz bo‘ylab, yoshlarni huquqiy bilimlar bilan boyitishga qaratilgan forum va festival o‘tkazilmoqda.

Ayni paytda Kattaqo‘rg‘on shahrida markazida “Yoshlar va saylov” forumi bo‘lib o‘tyapti. Forum doirasida yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga yo‘naltirilgan “Saylov va yoshlar” interaktiv uchrashuv o‘tkazilib, yoshlarning saylov jarayonlaridagi ishtiroki keng muhokama qilindi.

Teglar
- -