Yoshlar uchun agrar sohaga keng imkoniyatlar taqdim etildi
Shahrimizdagi 13-umumta’lim maktabida Toshkent davlat agrar universiteti imkoniyatlarini yoshlarga tanitish maqsadida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda universitetning Agrokimyo va tuproqshunoslik kafedrasi mudiri Bekzod Xalimov ishtirok etib, ta’lim muassasasidagi yo‘nalishlar, qabul jarayoni va talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berishdi.
Yoshlar universitet faoliyati haqida videoslaydlar orqali tanishishdi, muvaffaqiyatli bitiruvchilar haqida tinglashdi hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.