insurez
20-06-2024 16:12

YOSHLAR TANTANALI KUTIB OLINDI!


Bugun, SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati kengashi hamkorligida "Tengdosh tengdoshga ko‘makchi" loyihasi tadbiri bo’lib o’tdi. 

Tadbirda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati raisi D.Azizova, Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi o‘rinbosari J.Nosirov, SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali direktori birinchi o‘rinbosari Sh.Mustafayev, ittifoq koordinatorlari, viloyatdagi oliy ta'lim muassasalari talabalari ishtirok etishdi. 

Loyiha doirasida talabalar o‘rtasida "Rahbar va yoshlar uchrashuvi", "Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish" seminari, "Munozara", "Kitobxon talaba", "Zakovat" intellektual o‘yinlari, turli sport musobaqalari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


 

Teglar
- -