Yoshlar mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanishi lozim
Bugun shahar Drama teatrida otaliqqa olingan va davlat g‘amxo‘rligiga muhtoj bo‘lgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda shahar hokimi Gavhar Alimova, sektor rahbarlari va boshqa mas’ullar ishtirok etdilar.
Tadbirda so‘z olgan shahar hokimi Gavhar Alimova bugun har bir yosh davlat e’tiborida ekanligini, shu boisdan ularni qo‘llab-quvvatlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotganligini, barcha shart-sharoitlar yaratilganligi va yoshlar faqat bilim olib, kasb-hunar o‘rganib hayotda o‘z o‘rinlarini topishlari lozimligini ta’kidladi. Shuningdek uchrashuvda yoshlar bilan olib borilayotgan ishlarni samaradorligini oshirish xususida ham so‘z yuritildi.
Uchrashuvdan so‘ng yoshlar uchun jurnalist Farmon Toshev qalamiga mansub dramatik janrdagi, tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan "Qaltis qadam” spektakli namoyish etildi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.