insurez
12-12-2025 17:56

Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi


Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarning munosib ta’lim olishlari va o‘z iqtidorlarini namoyon qilishlari uchun barcha shart–sharoitlar yaratilgan. Xususan, shahrimizdagi mavjud bilim yurtlarida ham yoshlarga  keng imkoniyatlar yaratilgan.
Kattaqo‘rg‘on shahar Servis texnikumida voyaga yetmagan yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish bo'yicha o‘tkazilgan ochiq muloqotda shahar hokim o‘rinbosari, J.G‘aniyev, deputatlar Nuroniy jamg‘armasi shahar bo‘limi rahbari T.Xamidov va texnikum direktori D.Muhammadiyev ishtirok etishdi. 

Tadbir davomida yoshlarni mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanib bilim olish, kasb-hunar egallashlari hamda jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishlari muhimligi, shuningdek, odob-axloq qoidalariga rioya qilish, Vatanga sadoqatli, ota-onaga munosib farzand bo‘lib yetishish yo‘lida tinimsiz harakat qilishlari zarurligi yuzasidan tushunchalar berildi. 
Muloqot yakunida yoshlarning bergan savollariga mas’ullar tomonidan javob berildi.

Teglar
- -