insurez
06-03-2025 15:30

“YOSH QUTQARUVCHI” TANLOVI O‘TKAZILDI


Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, hududdagi ta’lim muassasalarida tashkil etilgan “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngililar klublari faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida “Yosh qutqaruvchi” musoboqasi o‘tkazildi.

Unda musobaqaning bosqichlarida munosib ishtirok etgan jamoalar va maktablarning yosh qutqaruvchi ko‘ngililar jamoalaridan, jami 84 nafar o‘quvchi -yoshlar shahar bosqichida ishtirok etdilar. 

Ishtirokchi yoshlar qizg‘in tarzda kechgan musobaqada 5 ta shart bo‘yicha bellishdilar. Savol-javob, estafeta, birinchi yordam ko‘rsatish, dor yo‘li va chodir, turnikka tortinish kabi shartlarda o‘zlarining epchilligi va faolligini ko‘rsatgan shahrimizning 2-IDUM “Jaloliddin Manguberdi” jamoasi g‘olib deb topildi va viloyat bosqichida ishtirok etish xuquqini qo‘lga kiritdi. 

 Ushbu jamoaga viloyat bosiqichida shahrimiz sha’nini munosib himoya qilishiga omad tilayimiz!

Teglar
- -