"Yosh kitobxon" tanlovining viloyat bosqichi g'olibi taqdirlandi
Joriy yilning 14-15-fevral kunlari Samarqand shahri Yoshlar markazida "Yosh kitobxon" tanlovining viloyat bosqichi bo’lib o’tdi. Ushbu tanlovda 20-30 yosh toifasida shahrimiz sha'nini himoya qilgan Ochilova Muxlisa g'oliblikni qo’lga kiritib, tanlovning Respublika bosqichiga yo'llanma oldi.
Bugun Kattaqo’rg’on shahar hokimi o’rinbosarlari Sh.Kuchkarova, J.G’aniyev va shahar Yoshlar ishlari bo’limi jamoasi Muxlisa Ochilova xonadonida bo’lib, kitobxonimizning ota-onasiga shahar hokimligining esdalik sovg’larini topshirdi.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.