‘‘Yosh kitobxon‘‘ tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
Bugungi kunda yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning intellektual salohiyatini oshirish maqsadida turli tanlov va tashabbuslar amalga oshirilmoqda.
Kattaqo'rg'on shahrida ‘‘Yosh kitobxon‘‘ tanlovining 2024-yilgi mavsumi shahar bosqichi g‘oliblarining ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.
‘‘Yosh kitobxon‘‘ tanlovining 2024-yilgi shahar bosqichi g‘oliblariga Mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi raisi Q.Quranboyev, Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Sa'dullayev, Respublika ma‘naviyat va ma‘rifat markazi direktori O.Xasanovlarning tashakkurnomalari yetkazildi.