Yosh gvardiyachilar qasamyod qabul qildilar
Kuni kecha Registon majmuasida viloyatimizdagi umumta’lim maktablarining “Yosh gvardiyachilar” ixtisoslashtirilgan harbiy vatanparvarlik sinflarida tahsil olayotgan o‘quvchilarning va’da berish qasamyodiga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi.
Unda Milliy gvardiya Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, o‘quvchilari hamda ularning ota-onalari ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z olganlar qatorida maktab direktori Ozoda Salimova ham barcha yosh gvardiyachilarni muborakbod etdi va kelgusidagi o‘qishlarida, Vatan oldidagi burchlarini bajarishlarida muvvafaqiyat tiladi.
Shuningdek, o‘quchi-yoshlar ham so‘z olib kelgusida vatanga sadoqatli mard va jasur yigit-qizlar bo‘lib yetishishlari, o‘z bilim va iqtidorlari bilan yurtimiz rivojiga munosib hissa qo‘shishga va’da berdilar.
Uchrashuv so‘ngida harbiy xizmatchilarning jangovar ko‘rgazmali hamda muddatli harbiy xizmatchilarning safona chiqishlari namoyish etildi.