insurez
08-09-2025 15:13

Yettilik” aʼzolari hisoboti eshitildi


Shahrimizdagi "Do'stlik" mahallasida yettilik aʼzolarining kengash oldidagi hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi. Mazkur yig‘ilishda shahar hokimi Gavhar Alimova, ushbu mahalla kengashi aʼzolari ishtirok etishdi.

Yettilik aʼzolari o‘z hisobotlarida mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish,  yoshlar bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan olib borilgan ishlari yuzasidan maʼlumot berishdi.

Yig'ilishda shahar hokimi G.Alimova shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarning bugungi natijalari hamda yaqinda Kattaqo‘rg‘on shahri hududini kengaytirish bo’yicha Olioy Majlisning yuqori va quyi palatalari tomonidan qabul qilingan qarorlarning ahamiyati haqida to‘xtaldi. 

 

Teglar
- -