insurez
17-10-2025 17:26

Yettilik” aʼzolari hisoboti eshitildi


Kuni kecha shahrimizdagi "Zarifobod" mahallasida yettilik aʼzolarining kengash oldidagi hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi. Mazkur yig‘ilishda shahar hokimi Gavhar Alimova, ushbu mahalla kengashi aʼzolari va tegishli mas'ullar ishtirok etishdi.

Yettilik aʼzolari o‘z hisobotlarida mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, xotin-qizlar va yoshlar bilan ishlash, jinoyatchilik profilaktikasi bo'yicha hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan olib borilgan ishlari yuzasidan maʼlumot berishdi.

Shuningdek, shahar hokimi tomonidan mahalla fuqarolarining murojaatlari o'rganilib, mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi. 

Yig'ilishda shahar hokimi G.Alimova shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarning natijalari hamda Kattaqo‘rg‘on shahri hududini kengaytirish bo’yicha Parlament tomonidan qabul qilingan qarorlarning ahamiyati haqida to‘xtaldi. 

Teglar
- -