“Yermachit” — huquqiy mahallada huquqiy xizmatlar koʻrsatildi
Adliya vazirining tegishli buyrugʻi bilan aholining huquqiy muammolarini aniqlash va bartaraf etish maqsadida “Huquqiy mahalla” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlikda Kattaqoʻrgʻon shahar “Yermachit” mahallasi binosida mahalla fuqarolari uchun “xizmatlar koʻrsatish kuni” tashkil etildi.
Tadbirda boshqarma boshligʻining birinchi oʻrinbosari O.Shodikulov tomonidan 35 dan ortiq fuqarolarning huquqiy muammolari eshitilib, 13 ta murojaat ish yurituviga qabul qilindi. 17 nafar fuqaroning fuqarolik holati hujjatlariga oʻzgartirish kiritish, elektron hukumat tizimidagi xatoliklarni barataraf etish, soliq, kommunal xizmatlari bilan bogʻliq muammolari joyida hal qilindi.
Shuningdek,16 nafar fuqaroga davlat xizmatlari, notarial, FHDYO xizmatlari koʻrsatildi hamda 25 nafar fuqaro tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.