insurez
03-04-2024 18:10

Yashil makon loyihasi amalda


“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida shahrimiz hududlarida keng ko‘lamli ko‘kalamzorlashtirish ishlari, yashil belbog‘lar, gulxonalar tashkil qilish bo‘yicha bahorgi mavsumiy ko‘chat ekish tadbirlari davom etmoqda.

Bugun “Chinobod” mahallasi hududidagi ko‘p qavatli uy atrofiga shahar imom xatiblari va nuroniylar tomonidan mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, bu yerni yashil hududga aylantirishda o‘z hissalarini qo‘shishdi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -