YANGI YIL BEZAKLARI TANLOVI
Yangi yilning kirib kelishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Shu munosabat bilan shahrimizdagi taʼlim maskanlarida turli tadbirlar, tanlovlar, kechalar o‘tkazilmoqda.
Bugun 2- umumtaʼlim maktabida tashkil qilingan tanlov ham ko‘tarinki tarzda bo‘lib o‘tdi.
“Qo‘lda yasalgan yangi yil bezaklari” deb nomlangan tanlovda maktab o‘quvchilari o‘zlari yasagan turli bayram o‘yinchoqlari bilan ishtirok etdilar. Bayramona bezalgan taʼlim maskani kishida o‘zgacha taasurot uyg‘otadi.
Tadbirda ishtirok etgan shahar hokimi Gavhar Alimova bolajonlarni kirib kelayotgan Yangi yil bilan muborakbod etdi. Har bir o‘quvchini 2026-yilda ko‘plab muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritishiga tilak bildirdi.
O‘quvchilar tomonidan ijro etilgan qo‘shiq va raqslar tadbirga yana-da ko‘tarinkilik bag‘ishladi.
Tanlov so‘nggida g‘oliblarga sovg‘alar taqdim etildi.
Shahrimiz bo‘ylab bayram tadbirlari davom etadi.




