YANGI YIL BAYRAMIGA TAYYORGARLIK AVJIDA
Kattaqo’rg’on shahrida Yangi yil bayrami munosabati bilan keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari jadal surʼatlarda olib borilmoqda. Ayni kunlarda shahar markazi hamda mahallalarda ko‘chalar, maʼmuriy binolar va ijtimoiy obyektlarni bayramona bezash, yoritish tizimlarini yangilash ishlari amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, aholi uchun bayram kayfiyatini yaratish maqsadida savdo do‘konlari, bozorlar va xizmat ko‘rsatish maskanlarida ham tegishli tadbirlar ko‘rilmoqda. Masʼul tashkilotlar tomonidan xavfsizlik, sanitariya va tartib-intizom masalalari alohida nazoratga olingan.
Ko‘rilayotgan ushbu chora-tadbirlar Yangi yil bayramini kattaqo’rg’onliklar uchun yana-da shodiyona va mazmunli o‘tkazishga xizmat qiladi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.




