insurez
03-09-2025 10:38

YANGI UYLAR MUSTAQILLIKKA MUNOSIB TUHFA BO‘LDI


Mustaqillik bayrami munosabati bilan shahrimizning Amir Temur mahallasida barpo etilgan “Obod makon” nomli 7 qavatli uy joy foydalanishga topshirildi. 106 xonadondan iborat ushbu uy-joy binosi "BRAND TEXTIL 22" MChJ tomonidan eneriya tejamkor materiallardan barpo etilgan. Xonadonlar zamon talablari darajasida bo‘lib, barcha sharoitlar mavjud.

Ochilish tadbirida shahar hokimi Gavhar Alimova, jamoatchilik vakillari, mahalla fuqarolari, yangi uylarning sohiblari, qurilish tashkiloti vakillari ishtirok etdi. Shahar hokimi xonadonlarning kalitlarini o‘z egalariga topshirdi va ularni muborakbod etdi.Shuningdek, bunyodkorlik ishlariga o‘zining munosib hissasini qo‘shayotgan qurilish tashkiloti vakillarini xizmatlarini e’tirof etildi.

Bayram dasturxoni atrofida davom etgan tadbirda nuroniylar yurtimizni tinch va yanada farovon bo‘lishini, mana shunday bunyodkorlik ishlarining bardavom bo‘lishini tiladilar. 

Teglar
- -