YANGI TARMOQ QURISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 330-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Kattaqo'rg'on shahrida ham amaliy ishlar qilinmoqda.
Xususan, shahrimizning “Chinobod” mahallasida loyiha asosida 1 dona 250/10 kVA yangi transformator punkti, 29 ta beton ustunlari o‘rnatish va 1.2 km uzunlikda SIP-2 kabellari tortish ishlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari “Yakkabog' “ mahallasiga 20 ta beton ustunlari hamda “O'rikzor” mahallasiga 400/6 kVA yangi transformator olib kelinib, ayni kunda loyiha doirasida tayanch ustunlari o‘rnatildi va hozirda hududda yopiq tipdagi zamonaviy SIP kabellari tortish ishlari bajarilmoqda.
Bu kabi amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli qurilish ishlari natijasida hudud infratuzilmasi yaxshilanishiga hamda elektr energiyasini sifatli yetkazib berilishiga erishiladi.