YAKKABOG’ MAHALLASIDA MEHNAT YARMARKASI O’TKAZILDI
Bugun shahar hokimligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo‘limi hamkorligda ishsiz ijtimoiy himoyaga muhtoj kambag‘al oilalarning azolari, migratsiyadan qaytgan va probatsiya hisobida turgan fuqarolarni ishga joylashtirish hamda bandligini taminlash maqsadida “Yakkabog’ “ mahallasida bo‘sh ish o‘rinlari “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.
Yarmarka davomida taklif qilingan ishsiz fuqarolar o‘zlariga maqbul bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlariga va kasb-hunarga o‘qishga yo’naltirildi hamda ularga mehnat qonunchligi doirasida keng qamrovli tushuntirish va maslahatlar berildi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.