12-02-2025 14:32
YAGONA SHIOR OSTIDA DO'STONA MUSOBAQALAR
SamDU Kattaqo'rg'on filiali hamda Kattaqo'rg'on shahar "Yuksalish" maktabi jamoalari o'rtasida "Biz giyohvandlikka qarshimiz!" shiori ostida sport musobaqalari tashkil qilindi.
Mini-futbol hamda shaxmat va shashka sport turlari bo'yicha tashkil qilingan musobaqalarda eng chaqqon va aqlli sportchi-yoshlar aniqlanib, ularga esdalik sovg'alar topshirildi.