insurez
07-05-2024 14:37

Xotira va qadrlash kuni arafasida o’tkazilayotgan xayrli tadbirlar


Shahrimizda Xotira va qadrlash kuni arafasida o’tkazilayotgan xayrli tadbirlar bilan birgalikda aholi tomonidan joylarda hasharlar tashkil etilib, ushbu hashar doirasida qabristonlarda ham tozalash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. 

Jumladan, shahrimizning 2-sektor hududidagi mahallalar faollari, aholi hamda shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan “Azizxo’ja” qabristonida o'tkazilgan hasharda hududni begona o’tlardan tozalash, obodonlashtirish hamda gul ko'chatlari o'tqazish ishlari amalga oshirildi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -