insurez
08-05-2024 08:52

XOTIRA MUQADDAS – INSON QADRI AZIZ


Shu kunlarda yurtimiz boʻylab  9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tadbirlar oʻtkazilmoqda. Bugun shahrimizdagi Birodarlik qabristonida o'tkazilgan xotirlash tadbirida shahar hokimligi, idora va tashkilotlar, taʼlim muassasalari, mehnat faxriylari, mahallalar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. 

Tadbir avvalida oʻtganlar ruhiga qurʼon tilovat qilindi.  Bugungi tinch va osuda kunlar uchun jonini fido qilganlar xotirasi yodga olinib, Birodarlik qabristoniga gul qo’yish marosimi o’tkazildi.


Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -