insurez
07-05-2024 17:42

XOTIRA BOR EKAN - MILLAT BARHAYOT!


Bugun SamDUning Kattaqo'rg'on filialida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "Xotira bor ekan — millat barhayot!" nomli xotira tadbiri bo'lib o'tdi. Unda Kattaqo'rg'on shahar hokimi o'rinbosari J.Nosirov, filial direktori Sh.Urakov, urush va mehnat faxriylari, talabalar hamda professor-o'qituvchilar ishtirok etdi.

Tadbirda hokim o'rinbosari J.Nosirov so'zga chiqib, Vatan tinchligi va osoyishtaligini asrash, mustaqilligimizni mustahkamlashda jasorat ko'rsatgan ajdodlarimiz fidoyiligini e'tirof etdi. 
Yurtimiz tinchligini saqlash yo'lida jasorat ko'rsatib, mardlarcha halok bo'lgan Kattaqo'rg'on farzandi Ulug'bek Barnoyevning otasi Abdulla Barnoyev dilbandi va safdoshlari ona yurt tinchligiga qo'shgan buyuk hissasi haqida so'zlab, yoshlarga tavsiyalar berdi.

Tadbirda talaba yoshlarni yurtga muhabbat, tinchlikni qadriga yetishga, hissa qo'shishga undovchi filmlar namoyish qilindi, she'r va ashulalar ijro etildi.

Teglar
- -