insurez
08-05-2025 10:22

XOTIRA AZIZ - QADR MUQADDAS


Yurtimizda oʻtganlar xotirasini eʼzozlash, bugungi osoyishta kunlarga yetishimizda fidoyilik koʻrsatgan faxriylar, nuroniy otaxonu onaxonlarga moddiy va maʼnaviy koʻmak berish ezgu anʼanaga aylangan. 9- mayni Xotira va Qadrlash kuni tarzida umumxalq bayrami sifatida nishonlab kelayotganimiz zamirida ham aynan ana shu ezgu maqsad yotibdi.

Shu munosabat bilan erta tongdan Birodarlik qabristonida oʻtkazilgan xotirlash tadbirida shahar hokimligi, idora va tashkilotlar rahbarlari, keksa avlod, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Unda soʻzga chiqqan shahar hokimi Gavhar Alimova ushbu tadbirning ahamiyati haqida soʻz yuritar ekan, bugungi tinch va osuda kunlar uchun shukrona qilib yashash, ayniqsa, keksa avlod vakillariga hurmat va ehtirom koʻrsatish lozimligini, bu kabi ishlar yurtimizda azaliy qadriyat ekanligini taʼkidladi.
Shundan soʻng tadbir ishtirokchilari oʻtganlar ruxiga tilovat qildilar hamda gulchambarlar qoʻyib, ularning xotiralariga hurmat bajo keltirdilar.

Teglar
- -