insurez
18-04-2025 10:08

XOTIN - QIZLAR UCHUN IMKONIYATLAR


Mamlakatimizda aholini, xususan xotin-qizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil qilingan “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” koʻplab xotin-qizlarni turmush sharoitlarini yaxshilashda imkoniyat bo'lmoqda.
Bugun ana shu imkoniyatlar kattaqo'rg'onlik xotin-qizlarga ham taqdim etildi. Ya'ni, “Ayollar daftari” 1- toifasidagi xotin-qizlarning 20 nafariga ko'p funksiyali tikuv mashinalari va 17 nafariga pishiriq pechlari taqdim etildi. Shahar hokimi Gavhar Alimova ushbu xotin-qizlarga bu bеrilayotgan imkoniyatlar yurtimizda ayollarni qo'llab-quvvatlash yo'lidagi islohotlarning natijasi ekanligini va oʻz navbatida ayollar ham bundan unumli foydalanishlari, oilalarining tinchligi, mustahkamligini taʼminlash, farzandlarining tarbiyasiga eʼtibor berishlari lozimligini taʼkidladi.

Xotin-qizlar ham bu kabi e'tibor va ko'mak uchun va ularni qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ushbu saʼy-harakatlardan mamnunliklarini bildirdilar.

Teglar
- -