Xotin-qizlar qo‘llab-quvvatlandi
Ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir bo‘lgan xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy, psixologik, tibbiy va moddiy qo‘llab-quvvatlash borasida shahrimizda ham talay ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Shu jumladan, yaqinda Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Shahlo Kuchkarova, sektor kotiblari, mahalla raislari,"Xalk Banki" shahar bo‘limi xodimlari bilan birgalikda "Ayollar daftari" ga kiritilgan xotin-qizlarga moddiy yordam ko‘rsatildi.
Ana shunday xotin-qizlarning xonadonlariga kirib, holidan xabar olindi. Bundan xursand bo‘lgan xotin-qizlar chin dildan tashakkurlarini bildirdilar.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.