insurez
10-04-2025 14:43

XOTIN-QIZLAR MASALALARI DOIMIY EʼTIBORDA


Davlatimiz rahbarining "Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 103-sonli qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bilan tanishish va ularni viloyatimiz hududlarida tadbiq etish maqsadida Pastdarg'om tumanida ko‘rgazmali va amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi masʼuli, viloyat hokimining o‘rinbosari, viloyatimizdagi barcha tuman-shaharlarning Xotin-qizlar bo‘limlari boshliqlari hamda viloyat darajasidagi boshqa tegishli masʼullar ishtirok etishdi.

Dastlab, tuman hokimligida uchrashuv o‘tkazilib, unda tumanimizda xotin-qizlarga qaratilayotgan eʼtibor va amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha maʼlumot berildi.

Shundan so‘ng, Mang‘itobod mahallasida xotin-qizlar bandligini taʼminlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish va tomorqadan unumli foydalanish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishilib, bu borada tajriba almashildi.

Teglar
- -