XATLOV JARAYONLARI - JADAL DAVOM ETMOQDA
Viloyatning barcha tuman (shahar) filiallari kadastr xodimlari tomonidan O'zbekiston Respublikasining O'RQ-937-son Qonuni asosida joylarda xatlov ishlari jadal olib bormoqda.
Xususan, ayni kunlarda Kattaqo‘rg‘on shahar "Qoriravot" mahallasida joylashgan ko'chmas mulklar ham xatlovdan o'tkazilmoqda.
Xatlov jarayonlarida to‘plangan ma’lumotlar “E’tirof” AAT tizimiga kiritib boriladi va bu tizimda 10 dan ortiq vakolatli tashkilotlardan tarkib topgan Komissiya a’zolari tomonidan xulosa beriladi.
Ma’lumot uchun: yurtdoshlarimiz o‘z mahallalarida qachon xatlov o‘tkazilishini Kadastr.uz saytidan, shuningdek, xatlov natijalari bo‘yicha o'zlariga tegishli obyekt to‘g‘risidagi ma'lumotlarni “etirof.kadastr.uz” axborot tizimidan bilib olishlari mumkin.