insurez
17-04-2025 09:51

XATLOV JARAYONLARI - JADAL DAVOM ETMOQDA


Viloyatning barcha tuman (shahar) filiallari kadastr xodimlari tomonidan O'zbekiston Respublikasining O'RQ-937-son Qonuni asosida joylarda xatlov ishlari jadal olib borilmoqda.

Xususan, ayni kunlarda  Kattaqo'rg'on shahar "Do'stlik" mahallasida joylashgan ko'chmas mulklar to'liq xatlovdan o'tkazilmoqda.

Ushbu jarayonlarda filial boshlig'i M.Ochilov ham ishtirok etib, mazkur mahallada o'tkazilayotgan xatlov ishlarini jadallashtirish va xatlovni tez suratlarda ketishiga salbiy ta'sir etadigan mavjud muammolarni joyida hal qilish choralarini ko'rmoqda.

 Xatlov jarayonlarida to‘plangan ma’lumotlar “E’tirof” AAT tizimiga kiritib boriladi va bu tizimda 10 dan ortiq vakolatli tashkilotlardan tarkib topgan Komissiya a’zolari tomonidan xulosa beriladi. 

Ma’lumot uchun: yurtdoshlarimiz o‘z mahallalarida qachon xatlov o‘tkazilishini Kadastr.uz (https://kadastr.uz/uz/etirof-etish-reja-jadvali?region=1718&district=1718206&year=2025) saytidan, shuningdek,  xatlov natijalari bo‘yicha o'zlariga tegishli obyekt to‘g‘risidagi ma'lumotlarni  “etirof.kadastr.uz” (https://etirof.kadastr.uz/) axborot tizimidan yoki Mahalla markaziga o'rnatilgan e'lonlar ro'yxatidan bilib olishlari mumkin.

Teglar
- -