insurez
08-02-2025 15:53

XAMSAChILIK MILLIYLIK VA MILLAT KO‘ZGUSI


Shahrimizdagi umumta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasidagi “Xamsachilik milliylik va millat ko‘zgusi" tanlovi o‘tkazildi. 
O‘quvchi-yoshlarning ma’naviy-intellektual salohiyati, tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, ona Vatani va xalqiga muhabbat hamda sadoqat tuyg‘ulari bilan kamol toptirish, kitobxonlik madaniyatini oshirish va bu orqali kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada rivojlantirish hamda yoshlar qalbida buyuk ajdodlariga hurmat, sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida tashkil qilingan mazkur tadbirda o‘quvchilar juda faol ishtirok etdilar. 
Tanlovning yakuniy bosqichi shahar drama teatrida bo‘lib o‘tdi. Unda maktab bosqichida g‘olib bo‘lgan  jamoalar 5 ta shart bo‘yicha bellashdilar. Shartlar bo‘yicha belgilangan talablarni mohirlik bilan bajargan 16- maktab o‘quvchilar jamoasi 1- o‘rinni egalladi.  
G‘oliblarni taqdirlashda shahar hokimi Gavhar Alimova, shahar prokurori Ismoil Nuriddinov ishtirok etdi. 
So‘z olganlar ushbu tadbirning ahamiyati haqida gapirdilar hamda kelgusida bu kabi tanlovlarni yanada ko‘proq o‘tkazish lozimligini ta’kidladilar.
Tanlov g‘oliblari faxrli  1-o‘rinni qo‘lga kiritgan 16-maktab, 2-o‘rinni egallagan  2-maktab hamda 3-o‘ringa munosib topilgan  11-maktab o‘quvchilari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.


Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -