insurez
11-10-2024 08:36

XALQARO QIZLAR KUNI YURISH MARAFONI BILAN BOSHLANDI


Bugun, 11 oktyabr - “Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadidagi "Sog‘lom hayot sari 5000 qadam" yurish marafoni bilan boshlandi. 

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi, Oila va xotin qizlar bo‘limi tashabbusi bilan tashkil qilinib, shahar darvozasidan start berilgan mazkur marafonda shahar hokimi Gavhar Alimova boshchiligida  shahrimizdagi korxona-muassasalari, SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar hamda talaba-qizlar harbiy orkestr sadolari ostida shahrimizning Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab yurishdi.
 
Marafon davomida harbiy qismda saf bo‘lib tizilgan xotin-qizlar sog‘lomlashtirish mashqlarini ham bajarishdi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -