insurez
06-09-2024 18:37

Xalq salomatligi yo‘lida


Kattaqo'rg'on shahar Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada aholi salomatligini saqlash yo‘lida tizimli ishlar olib borilmoqda. Bu borada poliklinika rahbari Mutabar Eshmurodova samarali faoliyat yuritib kelmoqda.

Poliklinika hozirgi kunda 40 mingdan ortiq shahar aholisiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilib, hozirgacha joylarda 43 marotaba salomatlik sayllari hamda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar o‘tkazildi.
Shuningdek, M.Eshmurodovaning sa’y – harakatlari va jamoaning hamjihatligida o‘tgan yil tashabbusli byudjet dasturi doirasida markaziy poliklinikaga Flyurografiya apparati hamda 50 dona kompyuter jamlanmasi keltirilgan.

Bugungi kunda poliklinika tomonidan aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, onalar va bolalar salomatligini asrash, yosh avlodning jismoniy va ruhiy barkamolligini ta’minlash borasida ibratli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. 

Teglar
- -