insurez
20-10-2025 15:41

XALQ ROZILIGI YO‘LIDA


Prezidentimizning 2022 yil 10-martdagi PQ–159-sonli qaroriga asosan, Kattaqo‘rg‘on shahrining ichimlik va oqava suv tarmoqlarini rekonstruksiya qilish investitsiyaviy loyihasi amalga oshirilmoqda.

Ushbu loyiha doirasida hozirgi kunda “Ko‘rpa” va “Murtak” suv inshootlarida qo‘shimcha suv hovuzlari qurish, tarmoq tortish, yangi quduqlar qazish va mavjud inshshootlarni ta’mirlash hamda Ingichka-Sepki suv tarmog‘ida ham qurilish ta’mirlash ishlari jadallik bilan tarmoq tortish ishlari amalga oshirilmoqda. “Boynazar” oqova suvlarni tozlash inshooti hozirgi kunda to‘liq rekontruksiya qilinmoqda. Amir Temur, “Navbahor”, “Yermachit” suv inshootlarida qurilish ta’mirash ishlari yakuniga yetkazilmoqda. 

Bugun shahar hokimi Gavhar Alimova respublika ishchi guruhi vakili Suyarjon Kurbankulov va mas’ullar hamrohligida “Murtak” suv inshootida olib borilayotgan qurilish ishlari jarayonlari bilan tanishdi.

Mazkur loyiha ekologik barqarorlik va aholi salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Teglar
- -