insurez
13-05-2025 17:24

”Voleybol" sport musobaqasining shahar bosqichi o'tkazildi


Kattaqo'rg'on shahridagi barcha mahallalarda yoshlar o'rtasida ommaviy sportni rivojlantirish hamda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning "Voleybol" turi bo'yicha 16-21 va 22-30 yosh toifasidagi o'g'illar va qizlar o'rtasida “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasining shahar bosqichi o'tkazildi.

Mazkur musobaqada shahar Ichki ishlar bo'limi boshlig'i G'.Islomov ishtirok etdi. Musobaqa yakunida 

16-21 yosh toifasidagi o'g'illar 1-o'rin Nurobod MFY
16-21 yosh toifasidagi qizlar 1-o'rin Islom Shoir MFY
22-30 yosh toifasidagi o'g'illar 1-o'rin Usmon Nosir MFY
22-30 yosh toifasidagi qizlar 1-o'rin Islom Shoir MFY jamoalariga nasib etdi va musobaqaning keyingi viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi. G'olib yoshlar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi

Teglar
- -