Viloyatda eng namunali yoshlar yetakchisini aniqlash jarayoni start oldi
Bugun Samarqandda yetakchilarining salohiyatini oshirish, ularning qalbida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish — oliy burchimiz!” g‘oyasini yanada mustahkamlash maqsadida tanlovning viloyat bosqichiga start berildi.
Tadbirning asosiy vazifasi — yoshlar orasida vatanparvarlik ruhini kuchaytirish, yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘usini shakllantirish, sog‘lom raqobat muhitini yaratish va ularning intellektual hamda professional ko‘nikmalarini rivojlantirishdir.
Ayni daqiqalarda shahrimizdan ham 9 nafar yoshlar yetakchilari o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha taqdimotlarini namoyish etib, o‘z mahallalari uchun qilgan ishlari va yangi tashabbuslarini taqdim qilmoqda.
Tanlov davom etmoqda. Eng munosib yoshlar yetakchilari keyingi bosqichga yo‘l oladi.




