VILOYAT SEMINARI O’TKAZILDI
Shahrimizdagi 8-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Namunali maktabgacha ta’lim muassasasi” loyihasi doirasida viloyat seminari o‘tkazildi.
Unda shahar hokimi Gavhar Alimova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari Dilshod Ismailov, markazning tuman (shahar) bo‘linma rahbarlari va shahar Maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etishdi.
Seminar davomida ishtirokchilar muassasada yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachi va tarbiyalanuvchilari tomonidan “Ma’naviyat — Uchinchi renessans asosi” mavzusida sahna ko‘rinishi hamda musiqali chiqishlari tashkil etildi.
Ishirokchilar muassasada tarbilanuvchilarning maktabgacha ta’lim olishlari uchun barha imkoniyatlarning yaratilganligi yosh avlodni barkamollikda voyaga yitishlarida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.