insurez
13-08-2025 14:51

Viloyat rahbari rektorlar bilan uchrashdi


Samarqand viloyat hokimi Adiz Boboyev Samarqand davlat universitetida bo‘lib, rektor Rustam Xolmurodov hamrohligida yangi o‘quv binosini ko‘zdan kechirdi.

So‘ngra viloyatdagi oliy o‘quv yurtlari rektorlari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik, qabul natijalari, ta’lim sifatini oshirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash, talabalar turar joylarini yaxshilash va ilmiy tadqiqotlarni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.

Bugungi kunda viloyatda 19 oliy ta’lim muassasasi, 70 fakultet, 314 kafedra faoliyat yuritib, 101 710 talaba 324 ta yo‘nalishda tahsil olmoqda. Professor-o‘qituvchilarning 253 nafari xorijlik mutaxassislardir.

Uchrashuv yakunida viloyat rahbari yoshlarga zamonaviy bilim berish, malakali mutaxassislar tayyorlash va ularning bandligini ta’minlash vazifalarini belgilab, yangi o‘quv yilida muvaffaqiyat tiladi.

Teglar
- -