insurez
16-05-2025 09:10

VENGRIYALIK OLIM SAMDUKFDA


SamDU Kattaqo'rg'on filiali Raqamli ta'lim texnologiyalar va iqtisodiyot kafedrasi hamda Vengriya qishloq xo'jaligi va tabiiy fanlar universiteti o'rtasida o'quv, ilmiy hamkorlik ishlari olib borilmoqda.

Bugun, 15-may kuni Vengriya qishloq xo'jaligi va tabiiy fanlar universiteti professori Zoltan Lakner filialga keldi.

Filial direktori o'rinbosari F.Sirojiddinov, Aniq va tabiiy fanlar fakulteti dekani S.Rajabov, kafedra professor-o'qituvchilari hamda xorijlik olim ishtirokida muzokaralar olib borildi. O'quv va ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, o'zaro tajriba almashishga kelishib olindi.

Shundan so'ng, professor Zoltan Lakner talabalar hamda professor-o'qituvchilar uchun Scopus va Web of Science bazalarida indekslanuvchi jurnallarda maqola chop etish va yosh tadqiqotchilar uchun dissertatsiyani rasmiylashtirish bo'yicha ilmiy maslahatlar berdi.

Teglar
- -