insurez
01-08-2024 10:18

Vatanga sodiq yoshlar


Joriy yilning 30 iyul kuni Samaqand viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan Kattaqo'rg'on shahridagi otaliqqa olingan va iqtidorli yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida "Vatanga sodiq yoshlar" harbiy vatanparvarlik o'quv yig'ini tashkil etildi. Mazkur o'quvda 150 nafarga yaqin shahrimiz yoshlari faol ishtirok etishdi. 

Yig'in davomida yoshlarimizning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida konsert dasturlari, ma'naviy-ma'rifiy loyihalar, intellektual o'yinlar, teatr tomoshalari, taniqli sportchi va san'atkorlar bilan uchrashuvlar ham o'tkazildi.

Teglar
- -