insurez
27-08-2025 11:22

VATAN UChUN, MILLAT UChUN, XALQ UChUN


Eng aziz va eng ulug‘ bayramimiz Mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab bayram tantanalari bo‘lib o‘tmoqda. “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostidagi tadbirlarda yurtimizing tinchligi va totuvligi, aholi farovonligi yo‘lidagi islohotlar, bunyodkorlik ishlari o‘z aksini topmoqda.

Kuni kecha Ingichka shaharchasida ham bayram tadbiri ko‘tarinki tarzda bo‘lib o‘tdi. Buni Madaniyat saroyida jam bo‘lgan ingichkaliklarning yuzlaridagi shukronalik, ertangi kunga bo‘lgan ishonch hissining aks etganligi misolida ham ko‘rishimiz mumkin.

Tadbirni shahar hokimi Gavhar Alimova ochib berdi va tadbir ishtirokchilarini bayram bilan samimiy muborakbod etdi. Keyingi yillarda Ingichka shaharchasida amalga oshirilgan o‘zgarishlar, bunyodkorlik ishlari haqida so‘z yuritgan shahar hokimi albatta, bu sa’y-harakatlar yurtimizda barcha islohotlarning inson qadrini yuksaltirishga qaratilganligining natijasi ekanligini ta’kidladi.

Darhaqiqat keyingi yillarda shaharchada ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Yo‘llarning ravon bo‘lganligi, aholi bandligining ta’minlanayotgani, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan ingichkaliklar mamnunlar.

Bayram tadbiri shahrimiz hamda viloyat san’atkorlari, madaniyat bo‘limi xonandalarining Vatanni tarannum etuvchi ajoyib kuy va qo‘shiqlari bilan davom etdi.

Ko‘ngillarida bayram shukuhi avj olgan tadbir ishtirokchilari yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik uchun shukrona keltirdilar. Albatta, mana shunday tinch va farovon yurtga bayramlar yarashadi.

Teglar
- -